Shajaram
Shajaram

Oilangiz tarixini saqlang va avlodlarga meros qoldiring

Shajaram — oila daraxtini qurish, foto va xotiralarni saqlashning eng oson yo'li

Namunani ko'rish
Imkoniyatlar

Shajaram'da nimalar bor

Oddiy daraxtdan ko'proq: oilangiz xotirasi, tarixi va muhim kunlari — hammasi bir joyda, qarindoshlaringiz bilan birga.

Shajara

Daraxtni oson quring — birga to'ldiring

O'zingizdan boshlang: ota-ona, bobo-buvi, aka-uka, farzandlar — har kimni bitta tugma bilan qo'shasiz, bog'lanishlar o'zi chiziladi. Qarindoshlaringizni taklif qiling: har kim o'z oilasini qo'shadi va shajara tez to'ladi.

  • Har kartada surat, sanalar va qisqa hikoya
  • Qarindoshlarni SMS, Telegram yoki havola orqali taklif qilish
  • Kim tahrirlaydi, kim faqat ko'radi — o'zingiz belgilaysiz
Bog'langan shajaralar

Kelin va kuyov oilalari — bitta katta shajarada

Har oila o'z shajarasini yuritadi, nikoh orqali ular bog'lanadi. Bir bosishda qayin tomoningiz shajarasini ko'rasiz yoki hammasini «Yagona daraxt» qilib birlashtirasiz.

Ro'yxatdan o'tmasdan
Oilaviy albom

Xotiralar yo'qolmasin

Sandiqda sarg'ayib yotgan eski suratlar — oilangizning bebaho merosi. Ularni shu yerda saqlang: to'ylar, bayramlar, bobo-buvilaringizning yoshligi. Suratda kim borligini belgilang — yillar o'tib nevaralaringiz ularni yuzidan taniydi.

  • Suratlar yillar va o'n yilliklar bo'yicha
  • Har suratda kimlar borligini belgilash
  • Kim ko'rishini tanlash: oilam, butun shajara yoki tanlanganlar
  • Oilaviy videolar

Har bir surat — oila tarixining bir sahifasi

O'sish yilnomasi

Farzandingizning har oyi — suratda

Birinchi tabassum, birinchi qadam, maktabdagi birinchi kun… Har oy bitta surat qo'shib boring — Shajaram yoshini o'zi hisoblaydi va o'z vaqtida eslatadi. Yillar o'tib uni slayd-shou yoki video qilib tomosha qilasiz.

  • Yoshma-yosh lenta va muhim lahzalar
  • Ikki yoshni yonma-yon solishtirish
  • Yillik kollaj va video

Bolalik qaytmaydi — suratlari qoladi

Oilaviy kalendar

Hech bir muhim kun unutilmaydi

Tug'ilgan kunlar, nikoh yubileylari va xotira kunlari shajaradagi sanalardan o'zi yig'iladi. Shajaram o'z vaqtida eslatadi, tabrigingizni esa ilova orqali yuborasiz.

  • Yaqinlaringizni ⭐ bilan belgilash
  • Yubileylar alohida ajratiladi
  • Tabrikni bir bosishda yuborish
Oila tarixi

Bobolaringiz hikoyasi yozilib qolsin

«Hayot yo'li»da har bir insonning tarixini yozing: qayerda tug'ilgan, nima ish qilgan, qanday voqealarni boshidan kechirgan. «Oila solnomasi» esa oilangiz voqealarini yillar bo'yicha, o'sha davr tarixi bilan yonma-yon ko'rsatadi.

Bugun yozilmagan xotira ertaga unutiladi

Va yana

Qarindoshlarni topishIsm va familiya bo'yicha qidiring, boshqa shajaraga qo'shilish so'rovini yuboring.
Maxfiylik sizning qo'lingizdaFamiliya, surat, sanalar — har biri uchun kim ko'rishini o'zingiz tanlaysiz.
O'zgarishlar tarixiKim nimani qo'shdi yoki o'zgartirdi — hammasi saqlanib boradi.
Mashhur shajaralarAmir Temur, Boburiylar va boshqa tarixiy sulolalar shajarasini o'qing.
Telefonda ham, kompyuterda hamMobil ilova va brauzer — bitta hisob, ma'lumotlar hamma joyda bir xil.
BepulDaraxt qurish, qarindosh qo'shish va taklif qilish doim bepul.

Tarixiy shajaralar

Amir Temur va Temuriylar, Boburiylar, Payg'ambarimiz (s.a.v.) nasl-nasabi va boshqa mashhur sulolalar shajaralarini o'qing.

Barcha shajaralar

Hisob yarating

Oilangiz tarixini bugun boshlang