Hisobni o'chirish
Shajaram hisobingizni va unga bog'liq shaxsiy ma'lumotlarni o'chirishning ikki yo'li bor: ilovaning o'zida (darhol) yoki quyidagi so'rov orqali (ilovaga kira olmasangiz).
Ilovada o'chirish (darhol)
Hisobingizga kira olsangiz, eng tez yo'l — ilovaning o'zida o'chirish. Hisob darhol o'chadi.
- Ilovaga yoki shajaram.uz saytiga kiring.
- Profil → «Hisobni o'chirish» bo'limini oching.
- Raqamingizga kelgan tasdiqlash kodini kiriting — hisob darhol o'chiriladi.
So'rov qoldirish
Ilovaga kira olmasangiz (raqam o'zgargan, ilova o'chirilgan), quyidagi formani to'ldiring. Hisobga ulangan raqamni va ro'yxatdan o'tgandagi ism-familiyangizni yozing — so'rov 30 kun ichida bajariladi.
Nima o'chiriladi
Hisob o'chirilganda:
- Profil ma'lumotlari (ism, familiya, email, surat), telefon raqam va kirish sessiyalari o'chiriladi.
- Siz yaratgan shajaralar — agar ularda boshqa faol a'zo bo'lmasa — a'zolari, suratlari va albomlari bilan o'chiriladi; boshqa a'zolari bor shajara eng katta hamkorga o'tadi.
- Boshqalar shajarasidagi kartangiz hisobdan uziladi (karta shajara egasida qoladi).
- Telegram bog'lanishi, bildirishnoma tokenlari va yuborilgan kodlar bekor qilinadi.
Saqlanib qoladi:
- Boshqa foydalanuvchilar o'z shajarasiga kiritgan ma'lumotlar (ular o'z shajarasining egasi) — ularni o'chirishni so'rash uchun info@shajaram.uz ga yozing.
- SMS yuborish jurnali va texnik loglar (shaxsiy matnsiz) — qonuniy va hisob-kitob maqsadida.
Batafsil: Maxfiylik siyosati · info@shajaram.uz