Hisobni o'chirish

Shajaram hisobingizni va unga bog'liq shaxsiy ma'lumotlarni o'chirishning ikki yo'li bor: ilovaning o'zida (darhol) yoki quyidagi so'rov orqali (ilovaga kira olmasangiz).

Ilovada o'chirish (darhol)

Hisobingizga kira olsangiz, eng tez yo'l — ilovaning o'zida o'chirish. Hisob darhol o'chadi.

  1. Ilovaga yoki shajaram.uz saytiga kiring.
  2. Profil → «Hisobni o'chirish» bo'limini oching.
  3. Raqamingizga kelgan tasdiqlash kodini kiriting — hisob darhol o'chiriladi.

So'rov qoldirish

Ilovaga kira olmasangiz (raqam o'zgargan, ilova o'chirilgan), quyidagi formani to'ldiring. Hisobga ulangan raqamni va ro'yxatdan o'tgandagi ism-familiyangizni yozing — so'rov 30 kun ichida bajariladi.

🇺🇿+998
Hisobga ulangan raqam
Kamida 5 belgi · 0 / 1000

Nima o'chiriladi

Hisob o'chirilganda:

  • Profil ma'lumotlari (ism, familiya, email, surat), telefon raqam va kirish sessiyalari o'chiriladi.
  • Siz yaratgan shajaralar — agar ularda boshqa faol a'zo bo'lmasa — a'zolari, suratlari va albomlari bilan o'chiriladi; boshqa a'zolari bor shajara eng katta hamkorga o'tadi.
  • Boshqalar shajarasidagi kartangiz hisobdan uziladi (karta shajara egasida qoladi).
  • Telegram bog'lanishi, bildirishnoma tokenlari va yuborilgan kodlar bekor qilinadi.

Saqlanib qoladi:

  • Boshqa foydalanuvchilar o'z shajarasiga kiritgan ma'lumotlar (ular o'z shajarasining egasi) — ularni o'chirishni so'rash uchun info@shajaram.uz ga yozing.
  • SMS yuborish jurnali va texnik loglar (shaxsiy matnsiz) — qonuniy va hisob-kitob maqsadida.

Batafsil: Maxfiylik siyosati · info@shajaram.uz